» » Zomin Sunrise bolalar oromgohida Navroz tantanalari bolib otdi

Zomin Sunrise bolalar oromgohida Navroz tantanalari bolib otdi


Xalqimiz uchun tabiat uygonishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, milliy, eng ardoqli bayram bolmish Navroz ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish hamda nishonlash doimiy anana hisoblanadi.

Xuddi shunday bayram tadbirlaridan biri, kuni-kecha Jizzax viloyati, Zomin tumani, Duoba qishlogi hududida joylashgan, 2016-yilda Imzo Akfa kompaniyasi homiyligida qurilib, foydalanishga topshirilgan Zomin Sunrise bolalar oromgohida bolib otdi.

Navroz bayramiga bagishlangan Sumalak shouda Jizzax viloyati va Zomin tumanining aholisi, Nuroniy jamgarmasi, Xotin qizlar qomitasi, Kasaba uyushmasi vakillari tadbirda mehmon boldilar.

Kotarinki ruhda otgan tadbirni taniqli boshlovchi Anvar Mirzo olib bordi. Bayram dasturida chiqish qilgan Ravshan Komilov, Dilfuza Ismoilova, Zamon guruhi va boshqa xushovoz xonandalar Ozbekistonimiz, zamondoshlarimiz, qadriyatlar, milliy anana va boqiy urf-odatlar madh etilgan qoshiqlari bilan yigilganlarga bayram kayfiyatini ulashdilar.

Shuningdek, tadbirda Milliy akademik drama teatrining rahbari Fatxulla Masudov, taniqli aktyor Tesha Mominov va sevimli aktrisa Gavhar Zokirova hamda qogirchoq teatri aktyorlari mehmon bolib, ozlarining qoshiqlari va turli chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.

Teatrlashgan bayram dasturida karnay-surnay va doira sadolari yangradi. Xalqimizning betakror, boy ananalari, qadriyatlari, xalq ijodiyoti namunalari dasturdan asosiy orinni egalladi.

Dasturxon atrofida yigilganlar bahoriy taomlar kok somsa, kok chuchvara, sumalak va bayram palovi bilan mehmon qilindi.

Bayram davomida oromgoh yaqinida yashovchi aholi bilan bir qatorda, tadbir mehmonlariga Imzo Akfa kompaniyasi tomonidan sovgalar taqdim etildi.

Tadbirda yigilgan barcha ishtirokchilarning yuraklari quvonch va hayajonga toldi, bayram barchada katta tasurot qoldirdi. Tomoshabinlar ham, oz navbatida behad shod bolib, har bir sanatkor chiqishini qarsaklar bilan kutib oldilar va sumalak atrofida ozlari ham kotarinki kayfiyatda yayrab, quvnadilar.

Ushbu milliy bayramning manaviy hayotimizdagi tutgan orni va ahamiyati, insonning tabiat bilan hamohang bolib yashashi, jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, keksalarga ezoz va ehtirom, kichiklarga izzat, odamiylik, yaxshi qoshnichilik, xayr-saxovat, bagrikenglik muhitini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Shu orinda, Zomin Sunrise oromgohi barchani Navroz ayyomi bilan tabriklaydi va kelayotgan dam olish mavsumini kotarinki kayfiyatda otkazish uchun tayyor ekanligini malum qiladi.

Rekmala huquqi asosida

: admin (29-03-2017, 10:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -