» » Yurtimizda bayram: “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”da Navro‘zni qanday nishonlashdi?

Yurtimizda bayram: “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”da Navro‘zni qanday nishonlashdi?


Navro‘z — bahoriy yangilanish, tabiatning uyg‘onishi hamda ezgu niyatlar bayrami. Bu sumalak va osh tayyorlash, so‘ng butun mahalla bilan birgalikda bir dasturxon atrofida jamlanish payti. “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” aholisi Navro‘zni bilan birgalikda eng katta hovli to‘yini nishonladi.

“Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” — Eski shahardagi sobiq to‘qimachilik fabrikasi hududida qurilgan turar-joy majmuasi, Murad Buildings developerlarining ilk loyihalaridan biri. U noyob namunadagi uy bo‘lib, qurilish tugashidan ancha oldin deyarli to‘liq sotilib bo‘lingandi. Xonadonlarning hammasi majmua ochilishigacha birin-ketin sotib bo‘linganligi, bu xalqning kompaniyaga bo‘lgan katta ishonchini bildiradi. Bugungi kunda uylarga to‘liq ko‘chib o‘tgan majmuaning ahil oilalari uchun bu kun o‘ziga xos hovli to‘yiga aylandi.

“Uy olma, qo‘shni ol” degan naqlni ushbu me’moriy ansambldagi xonadonlarning baxtli egalari og‘zidan tez-tez eshitish mumkin. Uyda yashovchilar ta’kidlashicha, bu yerda o‘ziga xos, do‘stona muhit yuzaga kelgan.

Birinchi kundanoq bayramlarni, oilaviy xursandchiliklarni birgalikda, bitta katta jamoa bo‘lib nishonlash yaxshi an’anaga aylandi. Bolalarni himoya qilish kunida ham, Yangi yilda ham va bugun, katta sumalak doshqozoni atrofida ham shunday bo‘ldi.

Bayramga tayyorgarlik bir necha oy oldindan boshlab yuborildi.

 Har kim o‘z hissasini qo‘shdi — kimdir moddiy, kimdir masalliqlar va noz-ne’matlar bilan yordam qildi, yana kimdir tashkiliy masalalarni hal qilishga ko‘maklashdi. Hech kim chetda qolmadi.

Murad Buildings ham qo‘llab-quvvatladi — shou dasturini va candy-bar’ni tashkil qildi. Ammo ularning eng asosiy sovg‘asi yangi bolalar maydonchasi, shuningdek, mini-futbol va voleybol uchun sport maydoni bo‘ldi. Bu turar-joy majmuasi sotilganidan keyin hatto ko‘p vaqt o‘tgach, biz uchun ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlikning noyob namunasidir, buning uchun biz juda minnatdormiz.

Davron Abduqodirov, yangi xonadon sohibi

Erta tongdan erkaklar osh tayyorladi, nafaqat qo‘shnilarni, balki yaqin atrofdagi boshqa uylarda yashovchilarni ham mehmon qilishdi. Shundan so‘ng dasturxonlar yozildi, kechga borib, ko‘ngilochar dastur — milliy qo‘shiqlar, raqslar, tanlovlar boshlandi.

Hammadan ham bolalar xursand edi: ular berilib varrak uchirdi, candy-bar’dan bolalar maydonchasiga qarab yugurdi, sevimli multfilmlar qahramonlari qiyofasidagi animatorlar bilan o‘ynadi, foto-zonada mamnuniyat bilan suratga tushdi, bolalar maydonchasidagi yangi “attraksionlar”ni sinab ko‘rdi. Kattalar ham, go‘yoki, bolalik davriga tushib qoldi: kishining zavqini keltiradigan shodlik ularga ham o‘tdi.

 

O‘tgan yili biz bu uyga ko‘chib o‘tdik va ishonch bilan ayta olamanki, qo‘shnilar o‘rtasidagi bunday birdamlikni hali hech qayerda uchratmagan edim. Aynan shu yerdan xonadon sotib olib to‘g‘ri ish qilganimga amin bo‘ldim va buni hammaga gapirib yuraman. Agar Murad Buildings’ning shiori “Biz baxt ulashamiz” bo‘lsa, unda shu uyda yashovchilar — bu baxtning egalari.

Hasan Mamasaidov, yangi xonadon sohiblaridan biri

Navro‘zda “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”ga tashrif buyurgan O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi rahbarining rafiqasi Anna Krossi o‘z taassurotlarini bo‘lishdi:

Sharqona Yangi yili nishonlanishi haqida ko‘p eshitganman, ammo bunda shaxsan ishtirok etish — butunlay o‘zgacha hissiyot. “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” ahli hammasi juda ahil ekan, meni esa xuddi azaldan taniydigandek iliq kutib olishdi. Xonadonlar sohiblari tayyorlagan taomlarning barchasi juda mazali. Sumalakning tayyorlanishi meni hayratga soldi — zig‘ircha ham shakar solinmaydi, ammo juda shirali bo‘lib pishar ekan. Men bu kunni shu yerda o‘tkazganimdan va yana bir bor o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini his qilganimdan mamnunman.

Anna Krossi, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi rahbarining rafiqasi

Samimiy davra, mazali osh, sumalak, ko‘k somsa, quvnoq qo‘shiqlar va raqslar, bolalar kulgisi va ifodalab bo‘lmaydigan bayram muhiti — bizningcha, Navro‘zni har bir uyda aynan shunday kutib olish kerak. Hatto ko‘p qavatli turar-joy majmualarida ham bundan mustasno emas.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, do‘stlar!

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют