» » Omonatlar endi yanada ko‘proq daromad keltiradi

Omonatlar endi yanada ko‘proq daromad keltiradi


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” xizmatlar ommabopligini yanada oshirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi muddatli va jamg‘armali omonatlarga jalb qilishni rag‘batlantirish, aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida jozibador omonat turlarini taklif etmoqda. 2019-yil 1-sentabr holatiga bank tizimida milliy va xorijiy valyutada jami 19 turdagi omonatlarga mablag‘lar jalb qilinmoqda.

Bank fuqarolarning omonatlardan yanada ko‘proq daromad olishini ta’minlash maqsadida qator omonat turlari bo‘yicha o‘zgartirishlarni amalga oshirdi.

Yangi milliy valyutada jamg‘arilib boriluvchi “Mustaqillik” omonatiga yillik 21 foiz miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Mazkur omonat muddati 13-25 oygacha bo‘lib, dastlabki kiritilgan mablag‘ ustiga qo‘shimcha mablag‘ kiritib borish imkoniyati mavjud.

Milliy valyutadagi muddatli “Baraka” omonatiga qo‘yilgan mablag‘ uchun 10-12 oy muddatga — yillik 19 foiz, 13-18 oy muddatga — yillik 22 foiz, 19-25 oy muddatga — yillik 23 foiz to‘lov amalga oshirilishi belgilandi.

Milliy valyutadagi jamg‘armali “Farovon” omonatiga to‘lanadigan yillik foiz miqdori ham oshirildi. Mazkur omonatga mablag‘ qo‘ysangiz, 10-12 oylik muddatga — yillik 19 foiz, 13-25 oylik muddatga — yillik 21 foiz to‘lov qilinadi.

Jamg‘armali “Kafolat” omonati uchun endilikda yillik 17 foiz miqdorida mablag‘ to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Omonatga mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Hisoblangan foiz to‘lovlar har oyda amalga oshiriladi. Omonatga hisoblangan foiz to‘lovlar uning manbasidan qatiy nazar omonatchi talabiga ko‘ra naqd pulda berilishi mumkin.

Bank mijozlarning omonat mablag‘larini qonun talablariga muvofiq sir saqlanishini va omonatchining birinchi talabiga asosan qaytarilishini kafolatlaydi.

“Qishloq  qurilish  bank” — farovon  hayotingiz  xizmatida!

Murojaat  uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb sayt:  www.qqb.uz

Telegram

Facebook

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 122) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют