» » Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi bilan uchrashdi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi bilan uchrashdi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov Parijdagi O‘zbekiston elchixonasida Fransiya turoperatorlar uyushmasi bosh kotibi Yurgen Baxmann bilan uchrashdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar qator kelishuvlarga erishdi.

Xususan, Yurgen Baxmann joriy yilning 1—4-oktabr kunlari Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Top Resa—2019 xalqaro yarmarkasiga O‘zbekiston delegatsiyasini taklif etdi.

O‘zbekiston tomon ushbu xalqaro yarmarkada o‘z stendi bilan qatnashishi hamda tadbir doirasida Fransiya OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etilib, jurnalistlar hamda fransiyalik turoperatorlarga mamlakatning turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazilishiga kelishildi.

Shuningdek, Top Resa—2019 doirasida Fransiya turoperatorlar uyushmasi xalqaro yarmarka tashkilotchilari bilan birgalikda Fransiyaning turizm bozori va umuman, mamlakatdagi turizm holati bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida O‘zbekiston haqida so‘z yuritilib, uning turistik salohiyati taqdimotini tadbir dasturiga qo‘shishi qo‘shimcha qilindi.

Ta’kidlash joizki, Yurgen Baxmann Germaniya, Afrika davlatlarida Fransiya bozori spetsifikasi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi. Shu bois, u kelgusida Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida talabalar uchun uch kunlik ma’ruza o‘qishiga kelishildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonga tashrifi doirasida mahalliy turoperatorlar bilan ham  Fransiya bozori spetsifikasiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishadi. Bundan tashqari, shu yilning 13—15-noyabrida poytaxtda bo‘lib o‘tadigan “Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi—2019” (TXTY—2019)da ilgari O‘zbekiston bilan ishlamagan turoperatorlar ishtirokini ta’minlashga doir kelishuvga erishildi.

Fransiyalik turoperatorlar O‘zbekistonga tashrifi davomida ham TXTY—2019 tadbirida  qatnashadi, ham mahalliy turizm bozori bilan tanishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...