» » OAV: Angrendagi temiryo‘l kesishmasida yirik YTH yuz berdi. “Toshkent—Farg‘ona” yo‘li yopilgani aytilmoqda

OAV: Angrendagi temiryo‘l kesishmasida yirik YTH yuz berdi. “Toshkent—Farg‘ona” yo‘li yopilgani aytilmoqda


Angren shahridan o‘tadigan A370 trassasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar qiladi “Xabar.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasida avtobus va poyezd vagoni to‘qnashib ketgan. Guvohlarning ma’lumot berishicha, yo‘l-transport hodisasida kamida ikki avtobus va bitta Damas qatnashgan.

Ayni vaqtda “Toshkent — Farg‘ona” yo‘li Angren shahriga yetmasdan yopilgan, YPX xodimlari avtomobillarni Nurobod, Ilg‘or, Qo‘shsoy qishloqlaridan o‘tadigan aylanma yo‘lga yo‘naltirmoqda.

Tegishli vakolatli organlar yuz bergan hodisa yuzasidan yaqin vaqt ichida rasmiy axborot berishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2019, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют