» » O‘zbekistonga oradan 10 yil o‘tib xususiy notariuslar qaytmoqda. Endi davlat notariuslari nima bo‘ladi?

O‘zbekistonga oradan 10 yil o‘tib xususiy notariuslar qaytmoqda. Endi davlat notariuslari nima bo‘ladi?


O‘zbekistonga oradan 10 yil o‘tib 2010-yilda taqiqlangan xususiy notariuslar yana qaytmoqda. 2020-yil 1-yanvardan davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich nodavlat notarial idoralariga aylantirish boshlanadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Qayta tashkillash qanday o‘tadi?

Nodavlat notarial idoralarning adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, notariuslarga ularning arizalari asosida notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim etish orqali.

Davlat notariuslari nima bo‘ladi?

Ular to zarur miqdorda xususiy idoralar shakllanmaguncha faoliyatini davom ettiradi.

Kafolatlar qanday bo‘ladi?

Xususiy notariuslarning fuqaroviy mas’uliyati sug‘urtalanadi — bu fuqarolarni notarius tomonidan professional burchiga rioya etilmasligi oqibatida yuzaga keladigan zarardan himoya qiladi.

Qayerda va qanday litsenziya olinadi?

Xususiy notariuslarni adliya organlari ro‘yxatdan o‘tkazadi va litsenziya beradi. 1-yanvarga qadar buning aniq tartibi tayyorlanishi va joriy etilishi lozim.

Xususiy notariuslar nima hisobiga yashaydi?

Notarial harakatlarning amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojining bir qismi, shuningdek, huquqiy va texnik ko‘rinishdagi qo‘shimcha harakatlar hamda notariatning faol modeli doirasidagi xizmatlar uchun to‘lovlar evaziga.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют