» » Qashqadaryoda yonilg‘i uchun tez tibbiy yordam haydovchilari oyligidan ushlab qolinayotganini prokuratura o‘rganmoqda

Qashqadaryoda yonilg‘i uchun tez tibbiy yordam haydovchilari oyligidan ushlab qolinayotganini prokuratura o‘rganmoqda


Sog‘liqni saqlash vazirligi “Daryo”da e’lon qilingan “ ‘Yonilg‘i uchun oyligimizdan ushlab qolishadi’. Qashqadaryoda tez tibbiy yordam haydovchilari avtoxo‘jalik rahbariyatidan norozi” nomli tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.

Unda Qashqadaryo viloyatida tez tibbiy yordam avtomashinalari haydovchilari o‘z hisobidan yonig‘li va ehtiyot qismlarga pul to‘layotgani, AI-91 benzini berilishi kerak bo‘lgan avtomobillarga nostandart AI-80 benzini quyilishi bayon etilgan.

Ushbu holatlar bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qilgan:

Boshqarmaning maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligida Hyundai, Toyota, Nissan, Damas kabi avtomashinalar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Qaysi markadagi yonilg‘i olishni avtoxo‘jalik yoki boshqarma hal eta olmaydi. “O‘zbekneftmahsulot” AJ tomonidan yetkazib beriladigan yonilg‘i fondining yillik taqsimot jadvalida faqat AI-80 benzini berilishi nazarda tutilgan. AI-91 benzini birjadan kimoshdi savdosi orqali olinadi. Tez orada avtoxo‘jalikdagi Damas rusumli barcha avtomashinalarni gaz yonilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur tadbir tufayli tejalgan mablag‘ hisobidan birjadan AI-91 benzini sotib olish imkoniyati vujudga keladi.

Har bir avtomashina tegishli tashkilotlar tomonidan yonilg‘i sarfi bo‘yicha me’yoriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. 2019-yil fevral oyidan avtoxo‘jalikdagi barcha avtomashinalarda GPS qurilmasining ishlashi ta’minlandi. Yo‘l varaqalari orqali chaqiruvga chiqqan avtomashina bosib o‘tgan masofa va yonilg‘i shu qurilmada hisoblanadi. Agar belgilangan me’yordan ortiqcha yonilg‘i sarflangan bo‘lsa, bu harajatlar tegishli tartibda haydovchidan undirilmoqda.

Shuningdek, ilgari avtomashinalarni ta’mirlash ishlari avtoxo‘jalik slesarlari tomonidan bajarilgan bo‘lsa, 2019-yil yanvar oyidan boshlab bu ishlar birja orqali tanlangan avtoservis tomonidan tegishli shartnoma asosida amalga oshirilmoqda. Moliya idoralari tomonidan ajratilgan mablag‘lar asosida joriy yilda avtoxo‘jalik ehtiyojiga qarab 277 ta avtomashinaga davlat birjasi orqali shina olingan. Belgilangan normativga ko‘ra, har bir avtomashinaga 70 000 kilometr yo‘l bosganidan so‘ng shina, 2 yil-u 2 oyda akkumulyator ajratilishi ta’minlanmoqda. Moy almashtirish ishlari avtoxo‘jalik stansiyasining o‘zida slesar tomonidan amalga oshiriladi. Kolonna boshlig‘i talabnoma orqali yurgan masofasiga qarab me’yor asosida moy va filtr qismlarini ajratadi.

Avtoxo‘jalik ma’muriyati ehtiyot qismlar uchun haydovchilardan pul talab qilganlik holati kuzatilmagan. Ayni paytda Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan avtoxo‘jalikda mazkur holat o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari ma’lum qilinadi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют