» » Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr, dushanba kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va OFK o‘rtasidagi samarali sheriklik mamlakatda futbolni ommalashtirish va yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgani va izchil rivojlanib borayotganini alohida qayd etdi.

Uchrashuvda Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda futbol bo‘yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o‘smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida jahon va qit’a birinchiliklarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Konfederatsiya O‘zbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy ta’minot, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda ko‘magini davom ettirishi muhim ekani ta’kidlandi.

OFK prezidenti davlat rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda ommaviy sportni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan siyosatni, jumladan, futbol rivoji qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak baholadi.

Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Osiyo futbol konfederatsiyasi O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishda qat’iy ekani hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 1994-yildan buyon konfederatsiya a’zosi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют