» » Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida Sirdaryo vakillari ishtirokida Navro‘z bayrami nishonlandi

Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida Sirdaryo vakillari ishtirokida Navro‘z bayrami nishonlandi


Qozog‘iston Respublikasining Maqtaaral tumani hokimligi taklifiga binoan Sirdaryo viloyatining bir guruh jamoatchilik vakillari Jetisay shahrida bo‘lib o‘tgan Navro‘z umumxalq saylida qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jetisay shahri 350 ming aholi istiqomat qiladigan Maqtaaral tumani markazi sanaladi. “Sayabaq” istirohat bog‘ida Maqtaaral tumani rahbarlari va jamoatchiligi vakillari mehmonlarni samimiy kutib oldi. Mehnat jamoalari vakillari sharqona mehmondo‘stlik xislatlarini namoyon etib, bayram uchun tayyorlangan sumalak, halim, go‘ja, ko‘k somsa kabi xilma-xil bahoriy ne’matlardan tatib ko‘rishga undadi. O‘zaro bayram bilan qutlashib, yaxshi tilaklar bildirildi.

Minglab sayil ishtirokchilari to‘plangan istirohat bog‘ida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Qadimgi an’analarga ko‘ra, bobodehqonlarni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari bilan boshlangan tomoshalarga o‘zbek, qozoq va boshqa xalqlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari ulanib ketdi.

“Sayabaq” istirohat bog‘ining maxsus ajratilgan maydoniga shu kuni yashillik timsoli bo‘lgan archa ko‘chatlari o‘tqazildi.

Maqtaaralda Navro‘z sayli kun bo‘yi davom etdi. Bu betakror ayyomning noyob xislati tufayli mehr-oqibat, hurmat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuyg‘ular yanada kuchaydi, mehmonlar va mezbonlar bir-biriga sog‘liq-omonlik, baxt va omad tiladi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют