» » Rossiyaning “Metrovagonmash” korxonasi Toshkent metrosi uchun 5 ta poyezd jo‘natdi

Rossiyaning “Metrovagonmash” korxonasi Toshkent metrosi uchun 5 ta poyezd jo‘natdi


Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” AJ Toshkent metropoliteni uchun 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5 ta poyezd tarkibini jo‘natdi. Bu haqda “Transmashxolding” matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezdlarni tantanali jo‘natilishi marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, “Toshkent metropoliteni” korxonasi rahbari Oybek Xudoyqulov, Rossiya “Tashqi savdo banki” bosh boshqaruv direktori Igora Shabanov, “Metrovagonmash” bosh direktori Boris Bogatiryev ishtirok etdi.

Poyezdlarni Toshkent metrosiga yetkazish bo‘yicha shartnoma 2018-yilning oktabrida imzolangan edi. Har bir poyezd 4 ta: ikkita bosh motorli, bitta oraliq motorli, bitta oraliq motorsiz vagondan tashkil topgan. Vagonlarning ishlash muddati 30 yilni tashkil qiladi. Poyezdlar ishlab chiqarilgan zavod Toshkent metrosini ushbu seriyadagi metro vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlaydi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga maslahatlar beradi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent metrosi uchun mo‘ljallangan yangi poyezdlar vagonlarida bir qator texnologik innovatsiyalar amalga oshirilgan. Jumladan, vagonlar ochiq o‘tish joyi, avvalgi modellarga qaraganda kengroq eshiklar (1,4 metr) hamda eshiklar ochilib-yopilishidan ogohlantiruvchi yorug‘lik tizimiga ega. Yangi avloddagi vagonlar uchun shovqinni yutuvchi g‘ildiraklar ishlab chiqilgan. Vagonlarni yig‘ishda ekologik toza materiallardan foydalanilgan. Ular ichida shovqin va issiqlikdan ishonchli himoya ta’minlangan. Bosh vagonlarda nogironlar aravasi uchun joylar ko‘zda tutilgan. Salonlarda shamollatish, havoni sovitish va zararsizlantirish tizimlari o‘rnatilgan.

Ushbu modeldagi vagonlar 2017-yil boshidan Moskva metrosi uchun “Moskva” nomi bilan ishlab chiqarilgan edi. Toshkent metrosi uchun esa buyurtmachi talablariga muvofiq yangilangan modifikatsiyadagi tarkiblar ishlab chiqildi.

Toshkent metropoliteni va “Metrovagonmash”ni uzoq yillik o‘zaro manfaatli hamkorlik birlashtiradi. Korxona tomonidan Toshkent metrosi uchun 197- yilda 20 dan ortiq poyezd yetkazib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют