» » Buxoroda mahalla raisi 600 AQSh dollari va 1,9 mln so‘m pul bilan ushlandi

Buxoroda mahalla raisi 600 AQSh dollari va 1,9 mln so‘m pul bilan ushlandi


Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi mahallalardan birining raisi A.E. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhafaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida “J.Sh.” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi J.B.ning yer maydonlarining ekspert rejasini tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali bajartirib berishini aytib undan 800 AQSh dollari miqdorida pora talab qilib, mahalla mutaxassisi L.A. orqali 600 AQSh dollari va 1,9 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.

Mazkur holat yuzasidan “S” MFY raisi A.E. hamda mahalla mutaxassisi L.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi “Firibgarlik” holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Buxoroda firibgarlikda ayblangan tadbirkor ochlik e’lon qildi (video)

Mavzuga doir: Bosh prokuratura firibgarlikda ayblangani sabab ochlik e’lon qilgan buxorolik tadbirkor ishiga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют