» » Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryoning Sariosiyo va Uzun tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi


20-sentabr kuni xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.

Surxondaryo hokimligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sessiyada Asqarali Jo‘rayev Boysun tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan shu kungacha Boysun tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘ktam To‘rayev Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, To‘rayev O‘ktam Ismoilovich 1979-yilning 25-oktabrida Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Termiz davlat universiteti, 2002-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2017-yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, 20-sentabr kuni xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi shu kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Tursunov Bahrom Boboxonovich Uzun tumani hokimi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Tursunov Bahrom Boboxonovich 1981-yilning 12-noyabrida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga yangi hokimlar,  viloyati hokimi To‘ra Bobolovga esa ikkita yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют