» » O‘zbekiston Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining ishtirokchisi bo‘ldi

O‘zbekiston Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasining ishtirokchisi bo‘ldi


26-sentabr, payshanba kuni Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi O‘zbekiston uchun kuchga kirdi. Hujjat 2001-yil 22-mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Bugungi kunda 183 ta mamlakat ushbu konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu xalqaro shartnomaning maqsadi aholi salomatligi va atrof-muhitni Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar (TOIM) ta’siridan himoya qilishdir.

Konvensiya qoidalariga muvofiq tomonlar TOIM ishlab chiqarish, import qilish, eksport qilish, ko‘mish va ulardan foydalanishni nazorat qilishni, shuningdek, mavjud TOIMni almashtirish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yaxshi texnologiyalar va usullardan foydalanishga ko‘maklashish majburiyatini zimmasiga oladi.

O‘zbekistonning konvensiyadagi ishtiroki TOIM bilan bog‘liq ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtimoliy salbiy oqibatlarining oldini olish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют