» » Ozbekiston Senatining 19-yalpi majlisida qanday qonunlar korib chiqiladi?

Ozbekiston Senatining 19-yalpi majlisida qanday qonunlar korib chiqiladi?


Joriy yilning 3-may kuni Ozbekiston Oliy Majlisi Senatining on toqqizinchi yalpi majlisi bolib otadi. Bu haqda Xalq sozi xabar berdi.

Unda mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotiga oid bir nechta qonunlar korib chiqilishi bilan birga, jamiyat hayotidagi muhim yonalishlar yuzasidan masullarning hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish mamlakat iqlimiga mos

Yolqin Kabulniyazov, Oliy Majlis Senati azosi:

Parlament yuqori palatasining navbatdagi majlisida korib chiqilishi kutilayotgan Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish togrisidagi qonun Ozbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani taraqqiy ettirishga xizmat qilishi barobarida, sohadagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shu bilan birga, innovatsiyalar va ilmiy amaliyotning yorqin natijalari, ishlanmalarni jadallik bilan ishlab chiqarishga joriy etishga zamin hozirlaydi. Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energetika chekka, togli va uzoq hududlarning energiya taminotida iqtisodiy asoslangan yagona energiya manbai bolib xizmat qiladi. Yurtimizning iqlim sharoitida shamol, quyosh resurslari, kichik gidroenergetika, biomassa va geotermal energiyadan foydalanish va faol ozlashtirish kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish, ekologiyani yaxshilashning muhim sharti sanaladi.

Investorlarga yana bir qulaylik

Mavluda Imomova, Oliy Majlis Senati azosi:

Kun tartibiga Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi qonun ham kiritilgan. Ushbu hujjat xususiy mulkni yanada rivojlantirish, ayni paytda foydalanilmayotgan yer uchastkalarini fuqarolik aylanmasiga jalb qilish orqali xojalik yurituvchi subyektlarning investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish va uning samarali ishlatilishini taminlashga qaratilgan. Hujjat asosida yer uchastkalarini xususiylashtirish prinsiplari ornatiladi va xususiylashtirilmaydigan obyektlar royxati tuziladi. Yani yer uchastkalariga xususiy mulk huquqini tugatish hamda yer uchastkalariga tegishli kochmas mulk obyektlarini olib qoyishning alohida holatlari nazarda tutilgan. Shuningdek, mulk egasiga yetkazilgan zararlarning bozor qiymatida qoplanishi kafolatlanadi.

Yangi konvensiyaga azo bolish Ozbekistonga nima beradi?

Tohir Bahronov, Oliy Majlis Senati azosi:

Turgun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi konvensiya 2001-yil 22-mayda Stokgolmda qabul qilingan va 2004-yildan etiboran kuchga kirgan. Hozirgi kunda 182 ta mamlakat konvensiya ishtirokchilari hisoblanadi. Konvensiya majburiy xarakterga ega bolib, aholi salomatligi va atrof-muhitni turgun organik ifloslantiruvchi moddalardan muhofaza qilish maqsadida ularni keskin qisqartirish hamda tashlanmalarini toxtatishga qaratilgan. Dastlab hujjatda odam organizmi va ekotizimlarda qaytmas ozgarishlar chaqiruvchi 12 ta xavfli birikma belgilangan bolsa, keyingi toldirishlarni hisobga olgan holda 26 ta moddani ishlab chiqish hamda foydalanishni cheklash yoki taqiqlashga yonaltirilgan.

Turgun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (2001-yil 22-may, Stokgolm) ratifikatsiya qilish togrisidagi qonunning qabul qilinishi va Konvensiyaga azolik Ozbekistonga tabiat muhofazasi bilan bogliq masalalarda bir necha imkoniyatlar hamda imtiyozlar, amaliy yordam olish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-04-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -