» » Turgun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi Ozbekistonda ratifikatsiya qilindi

Turgun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi Ozbekistonda ratifikatsiya qilindi


Turgun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish tartibi togrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi Huquqiy axborot.

Mazkur Konvensiya 2001-yil 22-mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan. Bugungi kunda 182 ta davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Ushbu qonun majburiy xarakterga ega, aholi salomatligi va atrof-muhitni turgun organik ifloslantiruvchi moddalardan muhofazalash maqsadida ularni keskin qisqartirishga, tashlanmalarini toxtatishga hamda odam organizmida va ekotizimlarda qayta tiklab bolmas ozgarishlarga olib keluvchi 12 ta xavfli birikma (keyingi toldirishlar hisobga olgan holda 26 ta modda) ishlab chiqarilishini, ishlatilishini chegaralash yoki taqiqlashga yonaltirilgan Konvensiyani ratifikatsiya qilishni nazarda tutadi.

Konvensiyani ratifikatsiya qilish Ozbekiston Respublikasiga turgun organik ifloslantiruvchi moddalar bilan bogliq ekologik holatning yaxshilanishiga, aholi, atrof-muhit, osimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilishi mumkin bolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etishga yordam beradi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi imtiyozlari bosh tizimiga qoshilishi hisobiga mamlakatda ishlab chiqilgan mahsulotlarning eksport hajmi va geografiyasini kengaytirish imkonini yaratadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 12:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -