» » Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari Prezident tomonidan faxriy unvonlar bilan mukofotlandi

Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindorlari Prezident tomonidan faxriy unvonlar bilan mukofotlandi


6—22-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan bir nechta bokschi va murabbiylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi.

Xususan, Jahon chempionlari Bahodir Jalolov, Miraziz Mirzaxalilov “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlangan bo‘lsa, Shaxobidin Zoirov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kurbanov Marat Galiyevich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev To‘lkin Maxmurovich — Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi

Erkayev Baxodir Turgunovich — Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

Zoirov Shaxobidin Shokirovich — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li — Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют