» » Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bahslari uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasining JCh—2022 saralash bahslari uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi


2-oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari oldidan Toshkent shahrida yig‘inga kirishadi.

Vadim Abramov ushbu yig‘inga jalb qilgan 28 futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi. Yig‘in yakunida Abramov rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibni tanlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari 2-turi doirasida 10-oktabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 15-oktabrda Singapurga safar qiladi.

Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Yegor Krimets (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju” – Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sharof Muxitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Dilshod Ahmadaliyev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullayev (“Metallurg”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboyev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev (“Nasaf”), Oston O‘runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”), Otabek Shukurov (“Sharja” – BAA), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Jamshid Iskandarov (“Lokomotiv”), Jasur Yaxshiboyev (OKMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют