» » Superliga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg” “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi

Superliga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg” “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida 30-sentabr, dushanba kuni Bekobodning “Metallurg” klubi mehmonda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa vakillari Otabek Haydarov (7), Jahongir Ahmadov (89) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, bekobodliklardan Muzaffar Muzaffar (48), Zohid Abdullayev (54), Bahrom Abdurahimov (79) raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Metallurg” safarda kechgan bahsda “Qo‘qon-1912”dan 3:2 hisobida ustun keldi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Metallurg” ochkolari sonini 27 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 9-o‘rinni egallab turgan “Qo‘qon-1912” hisobida esa 21 ochko mavjud.

Qayd etish joiz, o‘yinning 23-daqiqasida Qo‘qon klubi sardori Murod Xolmuhammedov hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va mezbonlar bahs yakuniga qadar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Superliga

21-tur bahsi

30-sentabr, dushanba

Gollar: 1:0 — 7 Otabek Haydarov, 1:1 — 48 Muzaffar Muzaffarov, 1:2 — 54 Zohid Abdullayev, 1:3 — 79 Bahrom Abdurahimov, 2:3 — 89 Jahongir Ahmadov

“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullayev, Hojimat Erkinov, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Temur Hakimov (Iqboljon Malikjonov, 38), Avazxon Mamatxo‘jayev (Jasurbek Yoqubov, 81), Oybek Rustamov, Jahongir Ahmadov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov, Otabek Haydarov (Shahboz Erkinov, 55)

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Suhrob Nurulloyev (Bahodir Pardayev, 46) (Muhammad Isayev, 62), Islombek Isoqjonov, Bahrom Abdurahimov, Muzaffar Muzaffarov, Shavkatjon Mullajonov, Doniyor Usmonov (Zohid Abdullayev, 46), Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Andrey Shipilov, Akbarjon Ismatullayev

Ogohlantirishlar: Stanislav Andreyev (36), Zohid Abdullayev (52), Andrey Shipilov (64), Shavkat Mullajonov (77)

Chetlatish: Murod Xolmuhammedov (23)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют