» » Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni yuta olmadi, “Navbahor”da esa mag‘lubiyat

Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni yuta olmadi, “Navbahor”da esa mag‘lubiyat


26-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turi doirasida dastlabki 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Namanganning “Navbahor” klubi safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yindagi yagona gol 90-daqiqada urildi. Unga Bekobod klubi yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov mualliflik qildi.

Shu tariqa “Navbahor” mehmonda kechgan bahsda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Mazkur bahsdan so‘ng “Metallurg” ochkolari sonini 23 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Navbahor” esa 25 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.

Shu kuni Toshkent derbisida Vadim Abramov qo‘l ostidagi “Bunyodkor” klubi Samvel Babayan boshqaruvidagi “Lokomotiv” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida “temiryo‘lchilar” vakili Arslonmurod Omonov hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib “qaldirg‘ochlar” a’zosi Sanjar Tursunov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Natijada bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 31 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 2-o‘rinni egallab turgan “Lokomotiv” hisobida 35 ochko mavjud.

Superliga

18-tur bahslari

26-avgust, dushanba

Gol: 1:0 — 90 Muzaffar Muzaffarov

Gollar: 0:1 — 23 Arslonmurod Omonov, 1:1 — 73, penalti, Sanjar Tursunov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют