» » Bundesliga. “Borussiya D” mehmonda “Frayburg”ni yuta olmadi, “Bavariya” esa o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” mehmonda “Frayburg”ni yuta olmadi, “Bavariya” esa o‘z uyida mag‘lubiyatga uchradi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 7-turi doirasida 5-oktabr, shanba kuni navbatdagi 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena”da “Hoffenhaym”ni qabul qildi.

Bellashuvda mehmon jamoa yarim himoyachisi Sarkis Adamyan (54, 79) dublga erishgan bo‘lsa, myunxenliklardan Robert Levandovski (73) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Bavariya” o‘z maydonida kechgan bahsda “Hoffenhaym”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Myunxen klubi 14 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Hoffenhaym” esa 8 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Frayburg” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida Dortmund klubi vakillari Aksel Vitsel (20) hamda Ashraf Hakimi (67) raqib darvozasini aniq nishonga olgan bo‘lsa, mezbonlardan Luka Valdshmidt (55) bitta golga mualliflik qildi. 89-daqiqada esa “arilar” himoyachisi Manuel Akanji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Natijada o‘yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, “Borussiya Dortmund” 12 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Frayburg” esa 14 ochko bilan 2-o‘rinni band qilib turibdi.

Bundesliga

7-tur bahslari

4-oktabr, juma

Gollar: 0:1 — 32, penalti Xennings, 1:1 — 37 Ibishevich, 2:1 — 44 Dilrosun, 3:1 — 62 Darida

5-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 — 54 Adamyan, 1:1 — 73 Levandovski, 1:2 — 79 Adamyan

Gollar: 1:0 — 66 Folland, 1:1 — 78 Nkunku

Gollar: 0:1 — 20 Vitsel, 1:1 — 55 Valdshmidt, 1:2 — 67 Hakimi, 2:2 — 89, avtogol Akanji

Gollar: 0:1 — 8 Kvayson, 1:1 — 14 Solinski, 1:2 — 32, penalti Brosinski

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют