» » Qo‘shinlarda harbiy texnikalarni qishki mavsumda foydalanishga hozirlash ishlari boshlandi (foto)

Qo‘shinlarda harbiy texnikalarni qishki mavsumda foydalanishga hozirlash ishlari boshlandi (foto)


8-oktabr kuni Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni yozgi sharoitdan qishki sharoitda foydalanish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mashg‘ulotda shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Dilshod Choriyev, okrug qo‘mondonligi, harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

“Harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini ta’minlashda ularga ko‘rsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati katta. Har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun mas’uldir”, – dedi Dilshod Choriyev.

Shuningdek, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni mashg‘ulotlar davomida harbiy texnikalarni soz va shay holatda asrashda ko‘rsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati haqida ham harbiy xizmatchilarga aytib o‘tdi.

Ko‘rgazmali mashg‘ulotni tashkil etish uchun harbiy qismning harbiy texnikalarni saqlash parkida o‘nlab o‘quv nuqtalari tashkil etilgan. U yerda jangovar mashina, tank, zirhli transportyor, maxsus texnika, transport va aloqa vositalarni qishki sharoitda foydalanish rejimiga o‘tkazish ishlarining ahamiyati, texnika xavfsizligi qoidalari, tashkil etilgan postlarda samarali va sifatli ish olib borish, qurol-yarog‘ va texnikani ob-havoning past harorati hamda yog‘in-sochinli sharoitlarda ishlatish qoidalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yo‘riqnoma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qurol-aslaha va harbiy texnikalarni mavsumiy foydalanish rejimlariga o‘tkazish yiliga ikki marta – bahor va kuzda tashkil etiladi.

Tadbir rejasiga ko‘ra oktabr oyining oxirigacha shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlaridagi mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikalarning barchasi qishki mavsumda foydalanish uchun shay holatga keltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют