» » Oliy Majlis Senatida paxta terimi mavsumida majburiy mehnatning oldini olish borasida xato va kamchiliklar kuzatilayotgani aytildi

Oliy Majlis Senatida paxta terimi mavsumida majburiy mehnatning oldini olish borasida xato va kamchiliklar kuzatilayotgani aytildi


Oliy Majlis Senatida 9-oktabr, chorshanba kuni Tanzila Norboyeva raisligida Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Yig‘ilishda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

Jumladan, Milliy komissiya va uning tarkibida tashkil qilingan Odam savdosiga qarshi kurashish hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyalar nizomlari, 2019—2020-yillarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi (yo‘l xaritasi) loyihalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, kichik komissiyalar hamda hududiy komissiyalar ish faoliyati samaradorligini oshirish, ularning hisobotlarini yuritish, xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash masalalari, bu borada Milliy komissiya tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikrlar bildirilgan.

Milliy komissiya a’zolari bugungi kunda mamlakatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarni chet elda rasmiy ishga joylashtirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligini, buning oqibatida chet elga mustaqil ravishda ish qidirib chiqqan o‘zbekistonliklar murakkab vaziyatlarga tushib qolayotganligini qayd etgan.

Milliy komissiya bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida bu boradagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzishni maqsadga muvofiq deb topgan.

Shuningdek, hozirgi vaqtda respublikada paxta terimi mavsumi boshlangan davrda majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar olib borilayotganiga qaramasdan, joylarda bu borada xato va kamchiliklar kuzatilayotgani ham ta’kidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют