» » “Toshkent—Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan samolyot Tyumenga qo‘nishga majbur bo‘ldi

“Toshkent—Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan samolyot Tyumenga qo‘nishga majbur bo‘ldi


Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 10-oktabr kuni “Toshkent—Yekaterinburg” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan HY611 reysi Tyumendagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.

Bunga Yekaterinburgdagi Kolsovo aeroportining texnik sabablarga ko‘ra yopilgani sabab bo‘lgan. Samolyot bortida 103 kishi bo‘lgan. Aeroport ochilgach, Tyumenda bo‘lib turgan samolyot o‘z manzili — Yekaterinburgga yo‘l oladi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, 10-oktabr kuni Kolsovo aeroportiga An-12 harbiy-transport samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Qo‘nish vaqtida havo kemasida yong‘in chiqqan, olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Favqulodda vaziyatga samolyot shassisining chiqmaganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aeroport faoliyati to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют