» » Namanganda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qo‘lga olindi

Namanganda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qo‘lga olindi


Namanganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pora talab qilgan YPX inspektori qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati IIB YXXB YPX inspektori A.R. mashinasini sug‘urta polisisiz boshqarib ketayotgan R.S.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Inspektor kelishilgan 270 ming so‘m pulni bevosita o‘zi emas, fuqaro A. O. orqali olayotganda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan YPX inspektori A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada belgilangan jinoyatni sodir etgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют