» » Habib Nurmagomedov navbatdagi raqibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

Habib Nurmagomedov navbatdagi raqibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining navbatdagi raqiblari haqida ma’lum qildi.

“Katta ehtimol bilan navbatdagi raqibim Toni Fergyuson bo‘ladi. Boisi boshqa raqiblar yo‘q. Toni men bilan jang qilishga loyiq. Va biz bellashishimiz kerak.

Shundan so‘ng men Jorj Sen-Pyer bilan jang qilishim mumkin. Ammo yarim o‘rta vaznga ko‘tarilmoqchi emasman. O‘z vaznimda qolishni, kamarimni himoya qilishni va yengil vaznda eng yaxshilaridan biri bo‘lishni xohlayaman. Bundan tashqari barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi bo‘lmoqchiman.

Konor esa men bilan jangga munosib bo‘lishi lozim. U nima xohlasa, shuni so‘rashi mumkin. Biroq bular hech narsani o‘zgartirmaydi. U qaytishi va o‘z imkoniyati uchun loyiq ish qilishi kerak. Konor qaytib, bir nechta jang o‘tkazsin, qolganini esa keyin muhokama qilamiz”, — deydi Habib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov 23-noyabr kuni Toshkentga kelishini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq UFC va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют