» » O‘zbekistonda 2020-yildan sholichilik klasterlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2020-yildan sholichilik klasterlari tashkil etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashining sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashtirilgan “O‘zbeksholichiligi” uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Quyidagilar uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyat hokimliklari uyushma, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-martga qadar suv balansi prognozidan kelib chiqqan holda sholi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Uyushma qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda sholichilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil hosili uchun sholichilik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Sholichilik klasterlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

2020-yil sholi hosilidan boshlab:

lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi xarid qilish, mineral o‘g‘itlar, urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va boshqa resurslar yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar hamda tartiblar sholichilik klasterlariga ham tatbiq etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют