» » Bundesliga. “Borussiya D” o‘z uyida “Borussiya M”dan ustun keldi, “Bavariya” esa ochko yo‘qotdi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” o‘z uyida “Borussiya M”dan ustun keldi, “Bavariya” esa ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 8-tur bahslari doirasida 19-oktabr, shanba kuni 6 ta bahs nihoyasiga yetdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Augsburg”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa vakillari Marko Rixter (1) va Alvred Finnbogason (90) Manuel Noyer qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, myunxenliklardan Robert Levandovski (14) hamda Serj Gnabri (49) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Qayd etish joiz, Myunxen klubi 15 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa tushib qoldi. “Augsburg” esa 6 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park”da “Borussiya Myunxengladbax”ni qabul qildi.

Bellashuvning 58-daqiqasida “arilar” a’zosi Marko Roys Torgan Azar uzatmasini golga aylantirdi (1:0).

Ushbu hisob o‘yin yakunlagunga qadar o‘zgarmadi va dortmundliklar g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Borussiya Dortmund” ochkolari sonini 15 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Borussiya Myunxengladbax” esa 16 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

8-tur bahslari

19-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 — 1 Rixter, 1:1 — 14 Levandovski, 1:2 — 49 Gnabri, 2:2 — 90 Finnbogason

Gollar: 1:0 — 1 Byulter, 2:0 — 84 Ingvartsen

Gollar: 1:0 — 54 Verner, 1:1 — 82 Vegorst

Gollar: 1:0 — 7 Sarjent, 1:1 — 70 Lukebakio

Gol: 1:0 — 82 Xennings

Gol: 1:0 — 58 Roys

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют