» » “Real” La Ligada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi (video)

“Real” La Ligada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 8-turi doirasida 19-oktabr, shanba kuni Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi mehmonda “Malyorka”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 7-daqiqada urildi. Unga mezbon jamoa yarim himoyachisi Lago Junior mualliflik qildi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” safarda kechgan bahsda “Malyorka”ga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Qayd etish joiz, bellashuvning 74-daqiqasida Madrid klubi himoyachisi Alvaro Odriosola hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va jamoa o‘yin yakuniga qadar maydonda 10 kishi bo‘lib harakat qildi.

Ma’lumot uchun, bu madridliklarning La Ligada mavsumdagi dastlabki mag‘lubiyati hisoblanadi. Jamoa bunga qadar musobaqada 5 ta g‘alaba va 3 ta durang natija qayd etgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 18 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Malyorka” esa 10 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga

9-tur bahsi

19-oktabr, shanba

Gol: 1:0 — 7 Lago Junior

Malyorka”: Reyna, Games, Railyo, Sastre (Lumor, 46), Valyent, Dani Rodriges, Baba, Sevilya, Febas (Kubo, 59), Lago Junior (Traykovski, 81), Budimir

“Real”: Kurtua, Odriosola, Ramos, Militao, Marselo, Isko (Rodrigo, 66), Xames, Kazemiro, Vinisius Junior (Braim Dias, 81), Yovich (Valverde, 66), Benzema

Ogohlantirishlar: Odriosola (19), Sastre (30), Baba (90)

Chetlatish: Odriosola (74)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 03:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют