» » Toshkentda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zolari qo‘lga olindi


2019-yilning 23-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Jihotchilar” diniy-ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxslarning bir necha nafari muqaddam mazkur oqim faoliyatiga aloqador bo‘lganligi bois jazo muddatini o‘tab chiqqan. Biroq ular yana jinoiy til biriktirib, aholi orasida noqonuniy targ‘ibot olib borib, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini tarqatgan hamda shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

Shuningdek, ular yoshlar ongini zaharlab, o‘zlarining aqidaparastlik g‘oyalarini singdirib, jinoyat sodir etishga chorlagan, deyiladi vazirlik xabarida.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarida kishilar ongidan milliy urf-odatlarni yo‘q qilish, qabriston va ziyoratgohlarga borishni man etish, barcha qonun-qoidalarni faqat Qur’on va shariat asosida o‘z talqinlarida bo‘lishini ta’minlash hamda mavjud siyosiy tuzumni ag‘darib tashlash va shariatga asoslangan davlatni qurish aks etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tashkiloti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Adliya vazirligi saytida ekstremistik va terroristik tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют