» » Artel kompaniyasi Made in Uzbekistan 2019 xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda

Artel kompaniyasi Made in Uzbekistan 2019 xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda


Joriy yilning 23—25-oktabr kunlari “O‘zeltexsanoat” hamkorligida Artel korxonasi Made in Uzbekistan milliy mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasida qatnashmoqda. Ko‘rgazma O‘zeksposentr binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida qurilish, yengil va og‘ir sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yaratilgan innovatsion texnologiyalar, zamonaviy asbob-uskunalar va mashinalar taqdim etilgan.

Ushbu ko‘rgazmada Artel kompaniyasi sovutgichlar, oshxona plitalari, televizorlar, dudburonlar, muzlatgichlar, changyutgichlar, mikroto‘lqinli pechlar, mini-pechlar, smartfonlar va boshqa maishiy texnika taqdim etmoqda. Taqdim etilgan mahsulotlar orasida sovutgichlarning yangi modellari HD 360 FWEN, HD 395 FWEN, ultrazamonaviy Artel 55AU20H televizori, hamda yuqori funksionalga ega invertorlik Iceberg Art-12HDG, Grand Art-12HIBF 36 konditsionerlari mavjud.

Alohida aytish joizki “O‘zeltexsanoat” tashabbusi bilan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi ishtirokchilari milliy korxonalar orasida kooperatsiya tuzish, hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida o‘z mahsulotlarining ehtiyot qismlarini taqdim etgan.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasining asosiy maqsadi yurtimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni dunyoga tanishtirish, hamda chet el davlatlari bilan biznes munosabatlarini yaratish va rivojlantirishdir. Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada yurtimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan korxonalar qatnashmoqda.

Artel kompaniyasi mahsulotlari yurtimiz bozorlarida o‘z munosib o‘rnini egallagan, va istyemolchilar hurmatini qozongan. Bugungi kunda korxona mahsulotlari deyarli barcha MDH davlatlariga eksport qilinmoqda, kompaniya ishlab chiqarish bazalari esa muntazam modernizatsiyalanmoqda.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida siz barcha qiziqtirgan savollaringizga to‘liq javob olishingiz mumkin. Ko‘rgazmaga tashrif buyuring va Artel mahsulotlari bilan yaqindan tanishing.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют