» » FVV Xorazmdagi oilaning is gazidan zaharlanish sababini aniqladi

FVV Xorazmdagi oilaning is gazidan zaharlanish sababini aniqladi


Xorazmda 22-oktabr, seshanba kuni bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani yuzasidan FVV batafsil tekshiruv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, voqea 22-oktabrdan 23-oktabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining dudburoni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

“Kirib kelgan kuz—qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling”, — deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida shunday hodisa sodir bo‘lgandi. Unda pechning dudburoniga qushlar uya qurgani 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют