» » Mehnat vazirligi vakillari Moskvadagi muhojirlik markaziga tashrif buyurdi

Mehnat vazirligi vakillari Moskvadagi muhojirlik markaziga tashrif buyurdi


Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 30-mart kuni Moskvadagi Ko‘p funksiyali muhojirlik markazi (KMM)ga tashrif buyurdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Tashrif maqsadi markaz faoliyati bilan tanishish va qator masalalarni, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolarini KMM xizmatlari haqida xabardor qilishni muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

KMM bosh direktori Nikolay Fedoseyev patent olish jarayoni, shuningdek, hukumat organlari, huquq-tartibot organlari va xorijiy fuqarolarga xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlik haqida gapirib berdi.

Aziz Abduhakimov KMMni ko‘zdan kechirish chog‘ida patent olayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan muloqot qildi, ularning markazda taqdim etilayotgan xizmatlar sifati haqidagi fikrini o‘rgandi. “Bizning fuqarolarimiz Rossiya hududida yashayotgan vaqtida Rossiya qonunchiligiga rioya qilishidan manfaatdormiz, soliqlarni to‘lab Rossiya iqtisodiyoti rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shar ekan, ular to‘liq himoyalanishi kerak”, — dedi Abduhakimov.

Nikolay Fedoseyev so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda jami patent olganlarning qariyb 45 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etgan.

Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Xususan, O‘zbekiston aeroportlari va vokzallarida KMMda patentlarni rasmiylashtirish haqida broshyura va bukletlar tarqatilishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 11:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют