» » APL. “Chelsi” mehmonda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi, Pulishichdan het-trik (video)

APL. “Chelsi” mehmonda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi, Pulishichdan het-trik (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 10-turida 26-oktabr, shanba kuni navbatdagi 4 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.

Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi mehmonda “Byornli”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “aristokratlar” yarim himoyachisi Kristian Pulishich (21, 45, 56) het-trikka erishgan bo‘lsa, braziliyalik Villian (58) ham raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qilishga erishdi (4:0). Mezbonlardan esa Jey Rodriges (86) va Duayt Maknil (89) Kepa Arrisabalaga darvozasiga bittadan gol urdi.

Shu tariqa “Chelsi” safarda kechgan bahsda “Byornli”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Byornli” esa 12 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.

APL

10-tur bahslari

26-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 — 15 Gross, 1:1 — 20, avtogol Uebster, 1:2 — 74 Kelvert-Lyuin, 2:2 — 80, penalti Mope, 3:2 — 90, avtogol Din

Gollar: 1:0 — 44 Snodgrass, 1:1 — 69 Musse

Gollar: 0:1 — 21 Pulishich, 0:2 — 45 Pulishich, 0:3 — 56 Pulishich, 0:4 — 58 Villian, 1:4 — 86 Rodriges, 2:4 — 89 Maknil

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2019, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют