» » Prezident O‘zbekistonda regbini rivojlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi

Prezident O‘zbekistonda regbini rivojlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston regbi federatsiyasining quyidagi takliflari ma’qullandi:

a) har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘limlarini ochish;

b) bolalar-o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi bo‘yicha murabbiylar nomzodlarini O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini joriy qilish;

v) quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning to‘rt bosqichli tizimini joriy etish:

birinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

ikkinchi bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

uchinchi bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

to‘rtinchi bosqichda — hududiy sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

2019—2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar belgilandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklatildi:

O‘zbekiston regbi federatsiyasi faoliyatini va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining sport klublari stadionlarida muntazam ravishda regbi bo‘yicha mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratib berilishini beg‘araz asosda ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020/2021-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют