» » Superliga. “So‘g‘diyona” “Dinamo”ga javobsiz 3 ta gol urdi, “Qizilqum” esa ochko yo‘qotdi

Superliga. “So‘g‘diyona” “Dinamo”ga javobsiz 3 ta gol urdi, “Qizilqum” esa ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida Jizzax klubi vakillari Sanjar Rashidov (51), Shohruz Norxonov (60) hamda Sardor Qulmatov (70) o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “So‘g‘diyona” o‘z uyida kechgan bahsda “Dinamo” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng jizzaxliklarning ochkolari soni 35 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Dinamo” esa 18 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda Navoiyning “Qizilqum”iga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 46-daqiqasida bekobodliklar himoyachisi Stanislav Andreyev penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Lasha Totadze ham 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa bahs 1:1 hisobida yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, Navoiy klubi 23 ochko to‘plab musobaqa jadvalida 11-o‘rinni band qilib turibdi. “Metallurg” esa 28 ochko jamg‘argan holda 8-o‘rindan joy oldi.

Superliga

23-tur bahslari

29-oktabr, seshanba

Gollar: 1:0 — 51 Sanjar Rashidov, 2:0 — 60 Shohruz Norxonov, 3:0 — 70 Sardor Qulmatov

Gollar: 0:1  46, penalti Stanislav Andreyev, 1:1 — 51, penalti Lasha Totadze



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют