» » Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Shahrisabz tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi


Qashqadaryoda yerga egalik qilish huquqini olib berish uchun 100 dollar olgan hokimiyat mutasaddisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

29-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hokimiyati qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mutaxassisi B.A. S.M.dan F.I. nomiga issiqxona qurish uchun yer maydonini dehqon xo‘jaligi shaklida egalik qilish huquqini beradigan tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, shu kuni tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S. xizmat xonasida mutaxassis B.A.dan 100 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shahrisabz tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 210 (Pora olish) va 212-moddalari (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

B.A. hamda M.S. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют