» » Germaniya Kubogi. “Borussiya D” o‘z maydonida “Borussiya M”dan ustun keldi

Germaniya Kubogi. “Borussiya D” o‘z maydonida “Borussiya M”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 2-bosqichi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida Marko Roze boshqaruvidagi “Borussiya Myunxengladbax” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Markus Tyuram hisobni ochgan bo‘lsa, 77 hamda 80-daqiqalarda “arilar” yarim himoyachisi Yulian Brandt ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Dortmund klubi o‘z uyida “Borussiya Myunxengladbax”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Germaniya Kubogi

2-bosqich bahsi

30-oktabr, chorshanba

Gollar: 0:1 —71 Tyuram, 1:1 — 77 Brandt, 2:1 — 80 Brandt

“Borussiya D”: Xits, Pishchek, Zagadu, Akandji, Shults (Gyotse, 78), Brandt, Sancho, Bruun Larsen (Xakimi, 63), Vitsel, Azar, Vaygl

“Borussiya M”: Zommer, Bensebayni (Vendt, 30), Layner, Bayer, Elvedi, Xofmann (Makridis, 87), Noyxaus, Zakariya, Benesh (Xerrmann, 81, 82), Tyuram, Shtindl

Ogohlantirishlar: Shults (69), Zakariya (83), Noyxaus (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют