» » Xususiy notariuslarga litsenziya berish tartibi ma’lum bo‘ldi

Xususiy notariuslarga litsenziya berish tartibi ma’lum bo‘ldi


Vazirlar Mahkamasining Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra, davlat notarial idoralarda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Nodavlat notarial idoralarda notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Quyidagilar davlat notarial idoralarini va idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini moliyalashtirish manbalari notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat boji summasining xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusda qoladigan 10 foizi va ular tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun tushumlar hisoblanadi.

Adliya vaziri notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun maksimal haq miqdorlarini tasdiqlash, davlat notarial idoralari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojlari summasining adliya organlarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan 10 foizi miqdoridagi bir qismini notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirishga, shuningdek, notarial idoralar va idoraviy notarial arxivlar ta’minoti uchun ayrim mintaqalar o‘z mablag‘larining yetishmagan qismini qoplashga maqsadli yo‘naltirgan holda Adliya vazirligida jamlash huquqini saqlab qoladi.

Belgilanishicha:

Nodavlat notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilanadi.

Davlat boji summalari qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxslar ularning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalari ko‘rib chiqilganligi uchun tegishli adliya organlariga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют