» » O‘zbekistonda 2018-yilda notarial harakatlar soni 30 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 2018-yilda notarial harakatlar soni 30 foizga kamaydi


O‘zbekistonda 53 ta holatdagi hujjat nusxalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilinishi natijasida notarial harakatlar soni 5,9 milliontadan 4,2 millionga, ya’ni 30 foizga kamaydi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida pullik xizmatlar summasi 3 baravarga oshib 36 milliard so‘mdan 90 milliard so‘mga yetkazildi. Davlat boji summasi ham 106 milliard so‘mga oshirildi.

Qo‘shimcha 703 ta shtat (146 ta notarius) joriy etildi. Har bir notariusga to‘g‘ri keladigan 42700 aholi soni 36400 nafarga, ya’ni 14 foizga kamaydi.

Notariuslar tomonidan harakatlarni joylarga chiqib, sayyor tartibda amalga oshirish 1,8 baravarga o‘sdi (2017-yil — 6,3 ming, 2018-yil — 17,4 ming).

Notarius lavozimlariga nomzodlarni tanlov jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslyatsiya qilish amaliyoti joriy qilindi.

Ilk bor notariuslarining reytingi belgilab olindi. Xususan, 28 nafari “a’lo va namunaviy” deb topildi, 77 nafarining ish faoliyati esa “bugungi talabga javob bermaydi” deb baholandi.

Click, UPAY kabi mobil banking tizimlari orqali notarial harakat uchun to‘lovlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘chmas mulklarni faqatgina u joylashgan joydagi notarial idora tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilindi. Natijada notarial idoralar faoliyati ustidan shikoyatlar soni 40 foizga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют