» » Toshkent shahar IIBB qoidani buzib, avariya holatini yuzaga keltirgan xodimi jazolanishini ma’lum qildi

Toshkent shahar IIBB qoidani buzib, avariya holatini yuzaga keltirgan xodimi jazolanishini ma’lum qildi


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi yo‘l harakat qoidasini buzish holati aks etgan video va qoidabuzarga qanday chora qo‘llangani haqida tushuntirish berdi.

Ushbu fakt bo‘yicha Shayxontohur tumani ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan “Neksiya-3” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) bunday harakatlanishga sabab (misol uchun, zarur chaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) bo‘lmaganligi aniqlangan. Avtomobilni boshqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, yuqoridagi qoidabuzarlik sodir etgan xodim eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarimaga solinadi.

Mavzuga doir: Toshkentda IIV xodimi qoidani buzib, avariya holatini yuzaga keltirdi

Shuningdek, haydovchi bilan yo‘llarda xatoga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu masalada qonun oldida hamma tengligi, harakat paytida xatolikka yo‘l qo‘ygan har qanday haydovchi ma’muriy javobgarlikka tayyor bo‘lish kerakligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют