» » “Chelsi” safarda g‘alaba qozonib, APLda 3-o‘ringa ko‘tarildi (video)

“Chelsi” safarda g‘alaba qozonib, APLda 3-o‘ringa ko‘tarildi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 11-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi safarda “Uotford”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida “aristokratlar” vakillari Temmi Abraham (5) va Kristian Pulishich (55)ning gollariga mezbonlar Jerar Deulofeuning 80-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa bahs 2:1 hisobida londonliklar foydasiga yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” ochkolari sonini 23 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Uotford” esa 5 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

APL

11-tur bahsi

2-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 — 5 Abraham, 0:2 — 55 Pulishich, 1:2 — 80, penalti Deulofeu

“Uotford”: Foster, Mazina, Douson, Kabasele, Yanmat (Femeniya, 75), Chaloba (Hyuz, 67), Dukure, Pereyra, Ketkart (Mariappa, 20), Deulofeu, Grey

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Tomori, Pulishich (Xadson-Odoi, 83), Maunt, Jorjinyo, Kovachich, Villian (Jeyms, 90), Abraxam (Batshuayi, 88)

Ogohlantirishlar: Kabasele (46), Yanmat (70), Douson (82), Mariappa (88), Jorjinyo (89), Maunt (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 00:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют