» » “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat”da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi nazorat tizimi joriy etilmoqda

“O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat”da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi nazorat tizimi joriy etilmoqda


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi ishchi organi hisoblangan Bosh prokuratura tomonidan “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” kompaniyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi nazorat tizimi joriy qilinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi hamkorligida “O‘zkimyosanoat” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashning komplayens nazorat (compliance control) tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Ushbu loyiha yetakchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblangan Italiyaning xalqaro auditorlik kompaniyasi KPMG ekspertlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot davomida KPMG ekspertlari mazkur loyihani xalqaro ekspertlarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilishi kompaniyalarda korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar va amaliyotlarni samarali joriy etishga imkon berishini, shuningdek, jamiyatlarning shaffofligi, korporativ boshqaruv darajasi va investitsiyaviy jozibadorligi oshishini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, mazkur aksiyadorlik jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi choralarni samarali amalga oshirishda to‘plangan tajribadan boshqa davlat tashkilotlari, kompaniyalar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi kurashning umumiy yo‘nalishini shakllantirish uchun foydalanish mumkinligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют