» » Bosh prokuratura davlat kompaniyalari rahbarlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha seminar o‘tkazdi

Bosh prokuratura davlat kompaniyalari rahbarlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha seminar o‘tkazdi


Bosh prokuratura akademiyasida Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Korporativ sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirish” mavzusida davlat kompaniyalari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Seminar maqsadi davlat kompaniyalari rahbarlarini korrupsiyaning oldini olish tizimi bo‘yicha jahon amaliyoti, kompaniyalarda korrupsiyaning oldini olishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, korporativ sektorda korrupsiyaga qarshi samarali tizimni qurishning muhim tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz” “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zbektelekom”, “O‘zmetkombinat”, “O‘zbekko‘mir”, “O‘zkimyosanoat” aksionerlik jamiyatlari, Milliy bank, Xalq banki, Beeline, Ucell mobil aloqa operatorlari, Nestle qo‘shma korxonasi va boshqa yirik korxonalarning rahbarlari, shuningdek, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari va akademiya tinglovchilari ishtirok etdi.

Dastur doirasida KPMG xalqaro audit-konsalting kompaniyasi ekspertlari Igor Lebedev, Farrux Abdullaxanov hamda Prezident huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi vakillari ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Ma’ruzalar davomida korporativ sektorda korrupsiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning tamoyillari, korrupsiyaning oldini olishning hozirgi trendlari va boshqa masalalar haqidagi taqdimotlar namoyish etildi.

Barcha ma’ruza va taqdimotlar interfaol shaklda o‘tkazilib, muhokamalar bilan davom ettirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют