» » YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020-yilda sezilarli o‘sishini ma’lum qildi

YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020-yilda sezilarli o‘sishini ma’lum qildi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prognozlariga ko‘ra, joriy yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga, 2020-yilda esa 5,8 foizga o‘sadi. Bu haqda YeTTB ning “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” (Regional Economic Prospects) yangi hisobotida aytilgan.

Prognozlar bankning may oyidagi hisobotiga nisbatan mos ravishda 0,5 va 0,6 foiz punktlariga oshgan. Bank mutaxassislarining fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi, birinchi navbatda sanoat va qurilish sohalarini rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi.

Mavzuga doir: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistondagi 2 ta uran konini qayta tiklash uchun 7 mln yevro ajratadi

Hisobotda qayd etilishicha, yilning dastlabki sakkiz oyida mamlakatda eksport operatsiyalari dollar hajmida sezilarli darajada o‘sdi, shuningdek, import 33 foizga ko‘paydi. Bu savdoni erkinlashtirish va mintaqaviy integratsiyani aks ettiradi.

Bundan tashqari, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch chorak davomida kreditlash hajmining 60 foizga o‘sishi qayd etilgan, bu tadbirkorlik faoliyati va infratuzilmaga investitsiyalarni jalb etish o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi yilning birinchi uch choragida 14,1 foizgacha pasaydi.

YeTTB, shuningdek, O‘zbekistonning valyuta bozorini erkinlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada 2019-yil boshidan buyon devalvatsiya deyarli 12 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют