» » O‘zbekiston OTMlarida attestatsiyadan o‘ta olmagan yo‘nalish va mutaxassisliklar yopiladi

O‘zbekiston OTMlarida attestatsiyadan o‘ta olmagan yo‘nalish va mutaxassisliklar yopiladi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida 6-noyabr kuni oliy ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishdagi yangicha tartiblar to‘g‘risida seminar o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev 2018—2019-yillar davomida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari attestatsiya natijalari haqida ma’lumot berdi.

Xabar berilishicha, inspeksiya tomonidan 2018—2019-yillar davomida 24 ta oliy ta’lim muassasasi attestatsiyaga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 10 tasi attestatsiyadan to‘liq o‘tgan va akkreditatsiyalangan. 13 ta OTM esa attestatsiyadan shartli o‘tgan bo‘lib, ularga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir yil muddat berilgan. Bitta OTM attestatsiyadan o‘ta olmagan va akkreditatsiya qilinmagan.

Ushbu natija ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahlil qilinganda, 426 ta ta’lim yo‘nalishidan 288 tasi attestatsiyadan o‘tgan, 138 tasi esa o‘ta olmagan.

282 ta magistratura mutaxassisliklaridan 242 tasi attestatsiyadan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 40 ta mutaxassislik bunga erisha olmagan.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha 186 ta ixtisoslikdan 132 tasi attestatsiya sinovidan o‘ta olgan, 54 ta ixtisoslikda esa buning aksi qayd etilgan.

Ta’lim inspeksiyasi joriy yilning sentabr oyida 22 ta OTMlari va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarining attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklarni qayta attestatsiyadan o‘tkazdi.

Qayta attestatsiya natijasiga ko‘ra, 40 ta ta’lim yo‘nalishidan 17 tasi, 17 ta magistratura mutaxassisligidan 4 tasi, 60 ta ixtisoslikdan 19 tasi attestatsiyadan o‘ta olmagan. Mazkur ixtisosliklar bo‘yicha qabul to‘xtalishi belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘qituvchilarning attestatsiyasi soddalashtirildi

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan bundan buyon “Attestatsiyadan shartli o‘tdi” degan tushuncha bo‘lmaydi, attestatsiyadan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligiga qabul to‘xtatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют