» » O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanayotgan Janubiy Koreya fuqarosiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti tomonidan “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu tergovga jalb qilindi.

“Agar Siz fotosuratda keltirib o‘tilgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-31-98, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 130) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют