» » Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, mazkur markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tuman (shahar)larida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda, “Oila” markazining tuman (shahar) bo‘limlari huzurida tashkil etiladi.

Markazlarni tashkil etishdan ko‘zlanayotga asosiy maqsad nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘qitishdan iborat.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini moliyalashtirish Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari, homiylar va xalqaro tashkilotlar grantlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Markazdagi o‘quv kurslarida qatnashgan tinglovchilarga kurs yakunida sertifikat beriladi.

FHDYo organlari tomonidan nikohga kirish uchun ariza bergan shaxslarga markazlarda bepul va ixtiyoriylik asosida o‘qishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют