» » Xorazmda “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ochildi

Xorazmda “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ochildi


Xorazm viloyatidagi Yoshlar markazida “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Ushbu maktab Yoshlar ittifoqi tomonidan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur maktabni ochishdan asosiy maqsad yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarga hayotiy tajribalardan saboq berish, ularning oilaviy munosabatlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator Dilorom Toshmuhamedova, mutasaddi tashkilot rahbarlari, viloyatdagi yosh oila vakillari ishtirok etdi.

Yosh oilalarga seminar-treninglar o‘tish uchun viloyatdagi eng namunali oilalardan biri Masharipovlar oilasi ham taklif etildi.

Ochilish marosimidan so‘ng maxsus trenerlar tomonidan yosh oila vakillari uchun birinchi o‘quv-seminar o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют