» » O‘zbekiston Milliy universiteti va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Milliy universiteti va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjatda oilalar mustahkamligini ta’minlash, oila qurishda yoshlar mas’uliyatini oshirish, qadriyatlarni asrash, jamiyatda oilaning o‘rnini yanada yuksaltirish kabi muhim hayotiy masalalar qamrab olingan.

Mazkur universitetda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlanadi. Ma’lumki, ijtimoiy ish sohasi xodimlari bolani oiladan asossiz ajratishning oldini olish choralarini ko‘radi. Ijtimoiy zaif oilalarga ko‘mak berish va bolaning oiladagi huquqini himoyalashda ishtirok etadi. Shuningdek, ularga nisbatan zo‘ravonlik, kamsitish va beparvolikka qarshi kurashib, jamiyatda oilalarning barqarorligi uchun xizmat qiladi.

Mutlaqo yangidan shakllantirilgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining asosiy vazifalari davlat va jamoat tashkilotlarini oilalarni mustahkamlashdek ezgu g‘oya atrofida birlashtirish, barqaror rivojlanayotgan jamiyat yaratish, oila jamiyat va davlat himoyasida ekani to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipni keng targ‘ib etishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют