» » Italiyada Ikkinchi jahon urushida o‘zbek askari ko‘rsatgan jasorat haqidagi kitob nashr etildi

Italiyada Ikkinchi jahon urushida o‘zbek askari ko‘rsatgan jasorat haqidagi kitob nashr etildi


Italiyaning Karrara shahrida italyan yozuvchisi Marta Tonjanining “Yurak amri bilan. Apuandagi qarshilik va sovet jangchilarining hissasi” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Tonjani o‘z kitobida Stalingrad ostonasidagi jangda nemislarga asir tushgan o‘zbekistonlik askar Ahmad Mamajonov haqida so‘z yuritadi.

Nemislarning qo‘lida majburiy mehnatga jalb qilingan Ahmad Mamajonov italiyalik Jino Krudeli bilan tanishadi. Krudeli Mamajonovning qochishiga yordam beradi. Ular keyinchalik italyan qarshilik kuchlari safida sodiq do‘stlarga aylanadi.

“Urushdan keyingi 35 yillik sukutdan so‘ng italiyalik harbiylardan biri sovet va italyan gazetalari orqali o‘z do‘stini izlay boshladi. Shu tarzda ular topishib, yozisha boshladi. Bu yozishmalarda men tarjimon vazifasini bajarardim. Besh yillik yozishmalardan so‘ng Moskva va Leningrad shaharlarida ularning ishtirokidagi sovet va italyan delegatsiyalari uchrashuvi tashkil etildi”, — deydi Tonjani.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mamajonov bilan suhbatlashib u markaziy Italiyada boshqa sovet askarlari ham jang qilganidan xabar topgan.

Italiyada ular haqidagi ma’lumotlar saqlab qolinmagan. Tonjani arxivi ko‘tarib, italyan partizanlari tashkilotiga murojaat qildi. Shundan so‘ng Apuan qarshiligida 70 nafar sovet jangchisi ishtirok etganini aniqladi. Ularning ismlari nashr etilgan kitobdan o‘rin olgan.

“Mamajonov Krudelining oilasiga juda o‘rganib qolgan edi. Jinoni u akasidek ko‘rardi. Ularning do‘stligi haqidagi kitobni yozishni o‘zimning ma’naviy burchim deb hisobladim”, — deydi Tonjani.

2018-yilda Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar tomonidan qiynoqqa solingan, keyinchalik vahshiylarcha otib tashlangan o‘zbeklar xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan “101” nomli kitob nashr etilgan edi.

Mavzuga doir: Gollandiyada otib tashlangan 101 o‘zbek. Ularning Vatan tarixida qanday o‘rni bor?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют